«gender tenglik» tegli maqolalar


“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi
15 sentabr 2023, 12:15

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligi”. MO davlatlari yetakchi ayollari Dushanbeda uchrashdi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti bo‘ldi. Unda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish muhokama etilib, bu masalada xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklifi bildirildi.

O‘zbekistonda erta turmush va erta tug‘ruq masalasi dolzarbligicha qolayotgani aytildi
1 fevral 2023, 23:39

O‘zbekistonda erta turmush va erta tug‘ruq masalasi dolzarbligicha qolayotgani aytildi

«Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyevaga ko‘ra, O‘zbekistonda erta turmush haligacha dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ba’zan 18 yoshga to‘lmaganlar o‘rtasida tug‘ruq holatlari ham kuzatilmoqda. «Bu muammolarni o‘rgandik va hududlarga mos rejalar ishlab chiqdik», — dedi u.

Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi
16 dekabr 2022, 14:56

Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi

Prezident ayrim qonunlarga o‘zgartish kiritish bo‘yicha hujjat imzoladi. Endi davlat tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi. Bunda ayollar va erkaklar soni nisbati o‘rganiladi, tenglikni ta’minlash bo‘yicha holat baholanadi. Shuningdek, qonunchilikka amal qilingan holda yangi takliflar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti o‘z ishini boshladi
21 iyun 2022, 21:35

O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti o‘z ishini boshladi

BMTTD va Senat hamkorligida ayollarning huquq va erkinliklarini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston yetakchi ayollar muloqoti o‘z ishini boshladi. Muloqot mamlakatdagi gender tenglik muammolarini hal qilish uchun 14 mintaqadan turli sohalardagi 180 dan ortiq ayollarni birlashtirishni maqsad qilgan.

«Yil ayoli» tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi
27 dekabr 2021, 23:41

«Yil ayoli» tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi

«Yil ayoli» tanlovida qoraqalpog‘istonlik fermer xo‘jaligi rahbari Palzada Saliyeva g‘olib bo‘ldi. Ayollar tengligini ta’minlovchi eng faol davlat organi sifatida Mudofaa vazirligi, gender tengligini ta’minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida esa Adliya va Ichki ishlar vazirligi tanlandi.

«Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi e’lon qilindi
23 noyabr 2021, 12:26

«Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi e’lon qilindi

25 noyabrdan O‘zbekistonda «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi boshlanadi. Kampaniya boshlanishini e’lon qilgan Senat raisi Tanzila Narbayeva zo‘ravonlikka qarshi kurashda «uzoq va mashaqqatli ishlar» turganini va unda «har birimizning ishtirokimiz muhim» ekanligini ta’kidladi.

Tanzila Narbayeva Parijdagi «Tenglik avlodi» xalqaro forumida nutq so‘zladi
2 iyul 2021, 12:51

Tanzila Narbayeva Parijdagi «Tenglik avlodi» xalqaro forumida nutq so‘zladi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan «Tenglik avlodi» xalqaro forumida ishtirok etdi. Forumda 2030 yilgacha O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani ta’kidlandi. Tadbir doirasida 100 dan ortiq virtual tadbirlar o‘tkaziladi va yakunida gender tenglikni tezlashtirish dasturi qabul qilinadi.

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi
24 dekabr 2020, 18:05

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, 2020 yilning dekabr oyiga qadar reabilitatsiya markazlari tomonidan 5 876 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatilgan va 11 138 nafar xotin-qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilgan.

BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga 25 mln dollar ajratadi
27 noyabr 2020, 18:29

BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga 25 mln dollar ajratadi

BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi va uning qurbonlariga ko‘maklashuvchi ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar ajratadi.

«O‘sha davrda gender tengligi masalasi haqida gapira olmasdik» — Tanzila Narbayeva
12 noyabr 2020, 17:31

«O‘sha davrda gender tengligi masalasi haqida gapira olmasdik» — Tanzila Narbayeva

«O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish kerak, deb necha yillardan beri aytsak ham, bizning gapimizga hech kim quloq solmagan. O‘sha paytlar shunaqa davr edi» — Tanzila Narbayeva Vazirlar Mahkamasida ishlagan vaqtida gender tengligi masalasiga qanday yondashuv bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva
14 oktabr 2020, 12:00

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.

Hech bir mamlakat gender tengligi tamoyillarini joriy eta olmadi — BMT
9 sentabr 2020, 13:18

Hech bir mamlakat gender tengligi tamoyillarini joriy eta olmadi — BMT

Chorak asrda dunyoning birorta ham mamlakati xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha Pekin deklaratsiyasini to‘liq bajarishga yaqinlashmadi, deya ta’kidladi BMT. Dunyoda hukumat vakillari va rahbarlarining faqatgina 25 foizini ayollar, qolgan 75 foizini erkaklar tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting